SOG'LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
Sergeli tibbiyot kolleji

So'ngi yangiliklar

11:00 21.01.2020
Тошкент шахар давлат солик бошкармаси бошлиги Нормат Турсунов Сергели тиббиёт коллежи ёшлари билан учрашуви бўлиб ўтди.

Сергели тиббиёт коллежида Тошкент шахар давлат солик бошкармаси бошлиги Нормат Турсуновнинг Сергели ёшлари билан 5 та мухим ташаббус буйича учрашув утказилди.

Учрашувда президент халк кабулхонаси биринчи уринбосари Тохир Охунович Муллажонов, Ёшлар кенгаши Тошкент шахар кенгаши раиси Дурдона Рахимова, туман хокими Бахтиёр Шомуродов хам ташриф буюришди.

Сергели тиббиёт коллежи укувчилари хамда якин жойлашган мактаб укувчилари билан хамкорликда кургазмалар, спорт уйинлари ташкиллаштирилди.

Нормат Турсунов хамда Бахтиёр Шамуратовлар укувчи ёшлар билан сухбат утказишди.

Учрашув якунида 12 нафар туманнинг фахри булган фаол ёшлар эсталик совгалари ва фахрий ёрликлар билан такдирландилар. Шунингдек кул жанги буйича республика микёсида 3 урин сохиби Сергели тиббиёт коллежи укувчиси Абдурахимов Нуржигит хам эсталик совга ва фахрий ёрлиги билан такдирланди.

Шунингдек шахмат спорт уйини буйича икки карра жахон чемпиони Жахонгир Синдаров билан фикрлашилди. Ушбу учрашувдан укувчи ёшлар катта таассурот олишди.

10:00 01.03.2019
Сергели тиббиёт коллежида “Коррупция – адолат кушандаси” Республика иншолар танлови ўтказилди.

Бахорнинг илк кунларида узбек шеъриятининг порлок юлдузи, вафо ва садокат тимсолига айланган шоира Зулфияхоним таваллуд куни мамлакатимизда жуда катта ва кенг микёсда нишонланмокда. Шу муносабат билан Сергели тиббиёт коллежида хам Зулфияхонимнинг 104 йиллигига багшлаб, “Юрт эъзозлаган шоира” мавзусида тайёрланган тадбир булиб утди.

10:00 16.02.2019
Сергели тиббиёт коллежида ватанпарварлик ойлиги доирасида " Шерхонлик" тадбири утказилди.

Сергели тиббиёт коллежида жорий йилнинг 1-февралидан 7-мартга кадар Узбекистон Республикаси Президентининг ПФ _ 3907 сонли фармони ижроси юзасидан "Ёшларни маьнавий ахлокий ва жисмоний баркамол этиб тарбиялаш хамда уларда ватанпарварлик хисси уйготиш максадида укувчилар орасида ватанпарварлик ойлиги доирасида " Шерхонлик" тадбири утказилди. "Шерхонлик" тадбирининг 1-босқичи якунида 18 та талаба голибликка талабгор булди.

Тадбир ғолиблари

1-ўрин Қаршанова Барчиной

2-ўрин Эргашева Зухра

3-ўрин Анабекова Макпал

Уларга коллеж томонидан фахрий ёрлиқ хамда қимматбахо совғалар топширилди.

11:00 10.01.2019
Qishki ta'tilida 2018 yil 29.12 - 2019 yil 10.01. kunlari kollejning malakali o'qituvchilari faoliyatini yaxshilash bo'yicha o'quv uslubiy seminari bo'lib o'tdi

Sergeli tibbiyot kollejida 2018 yil 19.12 - 2019 yil 03.01. kunlari o'tkaziladigan o'quv jarayonining uslubiy ta'minotini yaxshilash, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini o'zlashtirish, ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlarini samarali tashkillashtirish hamda o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining me'yoriy hujjatlarini o'rganish bo'yicha o'tkazilgan o'quv uslubiy seminar

Kollejda qishki ta'tilda o'quv-uslubiy seminarda quyidagi mavzular o'rganildi:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asosiy qomusimiz - O'zbekiston Respublikasi Konstitsiyasining 21-yilligiga bag'ishlangan yig'ilishda so'zlagan nutqi asosida “2014-yil Sog'lom bola yili” mavzusi.

2. Pedagogik texnologiya usullardan mashsulotlarda foydalanish.

3. “Ingliz tilida gapiramiz”

4. “Bosh va orqa miyada qon tamirlari zararlanishi bilan og'rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi”

5. “Bolalarni nafas olishiga yordam berish”

6. “Sog' tanda - sog'lom aql”

7. “Pedagogik texnologiyalarni mashsulotlarda mohirona foydalanish”

8. O'quv meyoriy hujjatlarini yuritilishi.

Тошкент шаҳар Сергели тиббиёт коллежининг 2-босқич “Тиббиёт профилактика иши” 216-гуруҳ ўқувчиси 2001 йил 5 июль, Тошкент шаҳрида туғилган, миллати ўзбек.Ёшлар иттифоқи кенгаши аъзоси. Етакчилик қобилиятига эга.Коллежда 2-босқич ўқувчилари Ёшлар иттифоқи кенгашининг раиси

Зулфияхоним давлат мукофоти Сергели тумани “Жамоатчилик фаолияти ” йўналиши ғолиби, ҳар жабҳада фаоллик кўрсатиб, ҳудуднинг ижтимоий-иқтисодий ривожига муносиб ҳисса қўшиб келаётганлиги, тенгдошлари ўртасида кенг тарғибот ишларини олиб бораётганлиги, уюшмаган ёшларни тўғри йўлга солиш ва Ватан равнақи йўлида жипслаштириш ишларига муносиб ҳисса қўшиб, ишлаб чиқариш ва бошқа соҳаларда самарали фаолият кўрсатиб, юқори натижаларига эришган ва иштирок этган тадбирларининг ғолиби бўлиб, салмоқли натижаларни қўлга киритган. Жумладан:

2011 йилда Ҳамза туманида“КАМОЛОТ” ЁИҲ томонидан ўтказилган”Камолотнинг ёш раққосаси” танловида фахрли биринчи ўрин;

2013 йилда Соғлиқни сақлаш вазирлиги билан ҳамкорликда 1-декабрь халқаро ОИТС га қарши курашиш кунига бағишлаб ўтказилган тадбирдаги фаол иштироки учун Соғлиқни сақлаш вазирлигига қарашли 28-сонли оилавий поликлиника томонидан мақтов ёрлиғи билан тақдирланган;

2014 йил Тошкент шаҳар ҳокимлиги ҳамда “Камолот” ёшлар ижтимоий ҳаракати Тошкент шаҳар кенгаши томонидан тарбия ва спорт соғломломлаштириш оромгоҳида ўтказилган тадбирда “Камолот” ёшлар ижтимоий ҳаракати Тошкент шаҳар кенгаши томонидан фахрий ёрлиқ билан тақдирланаган;

2015 йилХалқ таълими бош бошқармаси томонидан ўтказилаган “Конституция бахтимиз пойдевори” кўрик танловининг Туман босқичида 1-ўрин;

2015 йил“КАМОЛОТ” ЁИҲ кенгаши томонидан“8-Март –Халқаро хотин-қизлар куни” Байрами муносабати билан ўтказилган “Онажоним мўътабар” расмлар танловида Туман босқичида 1- ўрин;

2015-2016 ўқув йилида “КАМОЛОТ” ЁИҲ Тошкент шаҳар кенгаши томонидан ўтказилган “Энг фаол Камолотчи” кўрик танловининг “Энг фаол Камолот аъзоси” номинация ғолиби;

2018 йил Сергели тумани Ёшлар иттифоқи кенгаши томонидан ўтказилган “Ёшлар- келажак бунёдкори!” шиори остидаги “Ёшлар фестивали” доирасида ўтказилган “Ёш қўшиқчи ижрочилари” йўналишида фахрли 3-ўрин;

2018 йилСергели туман ҳокимлиги томонидан Ўзбекистон Республикаси биринчи президенти Ислом Каримов таваллудининг 80 йиллиги муносабати билан ўтказилган “Менинг биринчи президентим”иншолар танловида фахрли 3-ўрин;

2018 йилСергели тумани ҳокимлиги томонидан ўтказилган “Зулфия номидаги давлат мукофати” кўрик танлови Туман босқичидаЖамоатчилик йўналиши бўйича 1-ўрин;

Tошкент шахар Ёшлар маркази

11:00 03.09.2018
Sergeli tibbiyot kollejida 3-sentabr kuni yangi 2018-2019 o’quv yilining boshlanishi munosabati bilan Ota-onalar kengashining ta’sis yig’ilishi bo’lib o’tdi

Yig’ilish kun tartibida Ota-onalar kengashi raisi va uning a’zolarini saylash, kollej ichki tartib qoidalari bilan tanishtirish va uni tasdiqlash kabi masalalar ko’rildi. Kollej direktori S.T.Tursunov o’z nutqida O’zbekistonning milliy qonunchiligi, Ta’lim to’g’risidagi qonunlar, mazkur qonunlarga asosan fuqorolarning huquq va erkinliklarini ta’minlanishi hamda umume’tirof etilgan xalqaro qoida va standartlar, xorojiy davlatlar tajribasi va psixologik hamda fiziologik jihatlar haqida gapirib o’tdi. Bundan tashqari bugungi kunning dolzarb masalalari, o’quvchilarning kiyinish madaniyati va estetik talablarga mos ravishda bo’lishini aytib, o’quvchilarning orasida ijtimoiy adolat va tenglikni ta’minlash, ularning salomatligi, psixologik , fiziologik jihatlarga to’liq javob berilishini, qoida va meyorlarini kamsitmaydigan, milliy mentalitetimizga zid ommaviy madaniyatimizga xos bo’lgan ochiq-sochiq liboslarning o’quvchi yoshlarning o’rtasida tarqalishini oldini olish kabi fikrlarni bildirdi.

Shuningdek ota-onalar kengashining yillik ish rejasi muhokamaga qo’yilib, tasdiqlandi. Kengash tarkibi a’zolari 7 kishidan iborat tayinlandi

11:00 28.08.2018
Sergeli tibbiyot kollejida yangi 2018-2019-o’quv yilining boshlanishi munosabati bilan bo’lib o’tgan pedagogik kengashi

Sergeli tibbiyot kollejining jamoa pedagogik kengashi bo’lib o’tdi. Pedagogik kengashni kollej rahbari S.T.Tursunov ochib berdi va barcha ped kengash ishtirokchilarini mustaqilligimizning 27 –yilligi hamda yangi 2018-2019-o’quv yilining boshlanishi munosabati bilan tabrikladi. "AZIZ VA YAGONAMSAN JONAJON O’ZBEKISTONIM!" shiori ostida ma’ruza qildi.

Sergeli tibbiyot kollej tarixi

Sergeli tibbiyot kolleji 1984 yil 31 iyunda Temir yo'llari Vazirligining 9223350-sonli qaroriga asosan tashkil qilingan. O'zbekiston Respublikaning ta'lim to'g'risidagi va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida"gi qonuni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 may 203-sonli qarori, "O'zbekiston Respublikasida umumiy ta'limni qayta tashkil etish to'g'risida"gi qarori asosida Toshkent shahar hokimiyatining 2002 yil 18 yanvardagi 25-sonli qarori hamda Sergeli tuman hokimiyatining 2001 yil 1 martdagi 192-sonli qaroriga asosan Davlat ro'yxatiga olingan. 2002 yil 29 mart 260-sonli qaroriga asosan Sergeli tibbiyot bilim yurti deb e'lon qilingan. Sergeli tibbiyot bilim yurti Sergeli tumani Qo'yliq 5 mavzesida joylashgan bo'lib, sobiq 252-maktab binosi. 2004 yildan Sergeli tibbiyot kolleji deb nomlandi. Kollej 2009 yilda kapital ta'mirdan chiqarildi. Kollejda o'quvchilarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. 3 ta kompyuter xonasi, Kimyo, Fizika, Biologiya xonalari va laboratoriyasi hamda mutaxassislik fan xonalari kerakli barcha jixozlar bilan ta'minlangan ARMda 7 ta kompyuter mavjud , "ZIYO NET" axborot tarmog'iga ulangan 30 o'rinli o'quv zali bor

MEYORIY-XUQUQIY XUJJATLAR

IQTISODIY RIVOJLANISH SOHASIDA DAVLAT SIYOSATINI AMALGA OSHIRISH TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Soʻnggi yillarda respublika iqtisodiyotida davlatning roli va ishtirokini qisqartirish, iqtisodiyot tarmoqlarini boshqarishga bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy qilish, shuningdek, aholi farovonligi va turmush darajasini oshirish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, iqtisodiyot organlarining amaldagi tuzilmasi, ularning ishini tashkil qilish prinsip va usullari iqtisodiyotni boshqarishning zamonaviy talablariga, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlaridagi tuzilmaviy oʻzgartirishlarga javob bermaydi. Xususan, iqtisodiyotning oʻzgarishi sharoitida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asoslangan maqsadli yoʻnalishlarini (indikatorlarini) shakllantirish, shuningdek, mavjud ichki va tashqi omillarni hamda islohotlarning strategik ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda iqtisodiy oʻsishning yangi manbalarini aniqlash tizimi mavjud emas.

Iqtisodiyotning hududiy va tarmoq taraqqiyoti, shu jumladan, urbanizatsiya salohiyatini amalga oshirish orqali mutanosiblikni taʼminlash uchun ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish tizimi kerakli darajada yoʻlga qoʻyilmagan. Bozor tamoyillarini keng joriy etish, mahalliy ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, bozorni raqobatbardosh tovarlar bilan toʻldirish va ularni tashqi bozorlarga yoʻnaltirish hajmlarini oshirish boʻyicha zarur tadbirlar ishlab chiqilmayapti. Natijada, barqaror ishchi oʻrinlari yaratish darajasi pastligicha saqlanib qolayotganligi aholini, ayniqsa, qishloq aholisini barqaror daromad manbai bilan taʼminlash imkonini bermaydi va sifatli inson kapitalini rivojlantirishga toʻsqinlik qiladi. Iqtisodiyot organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, ularni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish “lokomotiviga” aylantirish, iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga asosan belgilangan vazifalarga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi etib qayta tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin: makroiqtisodiy indikatorlarni tahlil qilish va prognozlash asosida iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etish va iqtisodiyotning real sektori holati, tashqi bozorlari konʼyunkturasi hamda global va mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari bilan bogʻliq holda iqtisodiyot asosiy sohalarini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish; xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va “xufiyona” iqtisodiyot ulushini qisqartirish uchun qulay sharoit yaratish, jumladan, iqtisodiy jarayonlarda davlat ishtirokini qisqartirish, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, moliyaviy va ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish qulayligini taʼminlash, shuningdek, kichik sanoat zonalari salohiyatidan samarali foydalanish orqali bunga erishish; milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va diversifikatsiya qilishni, shuningdek, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uygʻunligini taʼminlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlarini samarali joylashtirish, hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslaridan samarali foydalanish asosida mamlakat sanoatini rivojlantirish strategiyalarini (modellarini) ishlab chiqish; innovatsiya ishlanmalari va texnologiyalarini joriy qilish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlov berish tarmoqlarini jadal rivojlantirish va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish asosida tovar bozorlari muvozanatini taʼminlash boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish; eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirishga qaratilgan sanoat siyosatini amalga oshirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish asosida uning importga qaramligini kamaytirish orqali milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini oshirish maqsadida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishning strategik yoʻnalishlarini ishlab chiqish; shuningdek, respublika hududlari va xorijiy davlatlar oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlarini kengaytirish; urbanizatsiya sohasida davlat siyosatini kuchaytirish, ishlab chiqarishlarni oqilona joylashtirish, turar joylarni muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma bilan birgalikda qurishni inobatga olgan holda urbanizatsiya jarayonlarini davlat tomonidan samarali tartibga solishni taʼminlash, shuningdek, yer uchastkalariga oid zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish; barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, sanoat salohiyatini mustahkamlash va hududlarni kompleks rivojlantirish maqsadida investitsiyalarni jalb qilish sohalari va tarmoqlarini aniqlash orqali mamlakatning faol investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish; milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va uning raqobatdoshligini oshirishning asosiy resurslari va omillaridan biri sifatida inson kapitalining darajasi va sifatini, ustuvor ravishda qishloq joylarida, yaxshilash boʻyicha kompleks tahlil olib borish va chora-tadbirlarni ishlab chiqish; iqtisodiyot organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishini taʼminlash, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, vazirlik apparati va uning tarkibiy boʻlinmalarining, ustuvor ravishda oʻziga biriktirilgan sohadagi aniq natijalarga erishish, oldiga qoʻyilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishi uchun xodimlarning shaxsiy javobgarligini oshirishga yoʻnaltirilgan ish shakllari va usullarini takomillashtirish; Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishda koʻmaklashish, mamlakatni rivojlantirish davlat dasturlari va investitsiya dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish doirasidagi loyihalarni, ularning loyiha oldi, loyiha va tender hujjatlarini, texnik topshiriqlarni ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha idoralararo kompleks tizimini tashkil qilish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligimamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlantirish sohasida davlat siyosatini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya siyosatining strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha vakolatli davlat organi etib belgilansin.

3. Belgilab qoʻyilsinki: Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlari va investitsiya dasturlari Oʻzbekiston Respublikasining oʻrta muddatli investitsiya siyosati strategiyasi asosida ishlab chiqiladi; Oʻzbekiston Respublikasining oʻrta muddatli investitsiya siyosati strategiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasini 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasi, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish konsepsiyalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlangan dastur va qarorlar asosida shakllantiriladi; Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan oʻz vakolati doirasida qabul qilingan va normativ-huquqiy xarakterga ega qarorlarining ijrosi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunuvidan qatʼiy nazar barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun majburiy hisoblanadi; Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, uning tizim va hududiy tashkilotlarini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, byudjetdan tashqari jamgʻarmalar va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.

4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra: barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shu jumladan, davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlarini yakuniy bosqichda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishish Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritishdan oldin amalga oshiriladi; Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi, kichik sanoat zonalari direksiyalari Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga rivojlanish davlat dasturlari va investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning, shuningdek, kichik sanoat zonalari hududida amalga oshirilayotgan loyihalarning bajarilishi yuzasidan har chorakda maʼlumot taqdim etib boradilar; investitsiya siyosati strategiyasi ijrosi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlarini tayyorlash va ijrosini taʼminlash orqali amalga oshiriladi; Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi oʻz vakolati doirasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish yoki qayta koʻrib chiqish boʻyicha taqdimnoma kiritish huquqiga ega; kichik sanoat zonalari hududida qiymati 7,0 million AQSH dollari ekvivalenti hisobidan yuqori boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha maʼmuriy kengashlar qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishilishi lozim;

5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga quyidagi maqsadlar uchun shartnoma asosida, jumladan, xorijiy konsultantlar va ekspertlarni, shuningdek, texnik koʻmak va grant mablagʻlarini jalb qilishga ruxsat etilsin: investitsiya va sanoat siyosati strategiyalarini ishlab chiqish sohasida ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish va tatbiq etish, shuningdek, vazirlikka yuklatilgan boshqa vazifalar va topshiriqlarni bajarish; vazirlik va uning tarkibiy boʻlinmalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish, investitsiya siyosati strategiyasini ishlab chiqish; xorijiy mamlakatlarning tegishli vazirliklari va idoralari bilan samarali va oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatish.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Moliya vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasini 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasi loyihasi asosida, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish konsepsiyalari hamda ekspertlar jamoatchiligi orasidagi muhokamalarning natijalarini hisobga olgan holda2019 yil 1 iyunga qadar Konsepsiyaning, shu jumladan, investitsiya siyosati strategiyasini oʻz ichiga olgan yakuniy variantini belgilangan tartibda kiritsin.

7. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tarkibida institutning umumiy shtat birligi doirasida 10 nafar kishidan iborat Xodimlarning malakasini oshirish oʻquv markazi tashkil etilsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining quyidagi takliflariga rozilik berilsin: a) kichik sanoat zonalari ishtirokchilari uchun imtiyoz va preferensiyalarni ularni amaldagi ishtirokchilar uchun 2020 yil 1 yanvargacha saqlab qolgan holda bekor qilish; b) kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga quyidagi huquqlarni berish: oʻz mablagʻlari hisobiga qurilgan bino va inshootlarga (yoki ularning qismlariga) mulk huquqini oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirish; investitsiya va boshqa ijtimoiy majburiyatlarni toʻliq bajargan taqdirda, biroq kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan davridan boshlab kamida 5 yil muddat oʻtgandan keyin, oʻzlariga berilgan binolar va inshootlarni (yoki ularning qismlarini) xususiylashtirish; rekonstruksiya qilish yoki kapital taʼmirlashni oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirgan taqdirda, biroq kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan davridan boshlab kamida 3 yil muddat oʻtgandan keyin, binolar va inshootlarni (yoki ularning qismlarini) xususiylashtirish. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra bino va inshootlarni (yoki ularning qismlarini) rekonstruksiya qilish yoki kapital taʼmirlash uchun kichik sanoat zonasi ishtirokchisi tomonidan ajratilgan mablagʻlar ularni xususiylashtirishda hisobga olinadi.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini belgilangan tartibda kiritsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatdaOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga: mazkur Farmon talablaridan kelib chiqib, sanoat sohasidagi xoʻjalik boshqaruvi organlari vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar; qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirishva qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.

11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – moliya vaziri J.A.Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.

DIREKTOR

Sergeli tibbiyot kolleji direktori:

Tursunov Sobir Turdiyevich

Qabul vaqti:Qabul vaqti: Chorchanba: 10:00-13:00

Telefon:Telefon: (+99894) 689-31-13

Email: sobir.tursunov64@mail.ru

Biografiyani o'qish

Tursunov Sobir Turdievich 1964 yil 13 oktyabrda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tug'ilgan. Millati - o'zbek. Ma'lumoti - oliy. 1988 yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutini, 2002 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi - shifokor-pediatr. Tibbiyot fanlari nomzodi, pedagogika fanlari doktori.

Mehnat faoliyatini 1988 yilda Respublika pediatriya ilmiy-tekshirish instituti klinikasining shifokori vazifasidan boshlagan.

1989-1995 yillarda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining katta laboranti, "Farmakologiya kafedrasi"ning assistenti, aspiranti, 1995-1996 yillarda Toshkent shahar hokimligining sog'liqni saqlash bosh boshqarmasi bolalarni muhofaza qilish bo'limining yetakchi mutaxassisi bo'lib ishlagan.

1996-1999 yillarda Qashqadaryo viloyati hokimligi fan, madaniyat, sog'liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish masalalari bo'yicha mutaxassislar guruhi bosh mutaxassisi, 1999-2005 yillarda Qarshi tibbiyot kolleji direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Sobir Tursunov 2005-2010 yillarda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo'mitasining a'zosi, 2010-2012 yillarda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo'mitasining a'zosi, 2012-2015 yillarda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o'rinbosari lavozimlarida samarali faoliyat ko'rsatgan.

2015 yildan Toshkent shahridagi Sergeli tibbiyot kollejida direktor lavozimida ishlab kelmoqda.

2012 yildan O'zbekiston "Adolat" SDP Siyosiy Kengashi raisi o'rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

S.Tursunov 2011 yilda "Shuhrat" tibbiyotali bilan taqdirlangan.

Oilali. To'rt nafar farzandi bor.

DIREKTOR O'RINBOSARI

O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari

Gadayev Asliddin Mamarasulovich

Qabul vaqti:Dushanbadan-shanbagacha: 90:00-15:00

Telefon:(+998 97) 764-91-29

Email:

Biografiyani o'qish

Gadayev Asliddin Mamarasulovich 1971 yil 21 fevralda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida tug'ilgan. Millati - o'zbek. Ma'lumoti - oliy. 1994 yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi - shifokor-pediatr.

1986-1987 yy. - Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Kommunist kolxozi - kolxozchi.

1988-1994 yy. - Toshkent Pediatriya Tibbiyot instituti -talabasi.

1994-1995 yy. - Pediatriya Instituti Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi - katta laboranti.

1995-1996 yy. - O'zbekiston Travmotologiya va ortopediya ilmiy tekshirish instituti -vrach internati.

1996-1997 yy. - Toshkent pediatriya tibbiyot instituti - assistenti.

2001-2003 yy. - Uch-tepa tumani 56-sonli Oilaviy poliklinika - vrach pediatri.

2003-2008 yy. - Sergeli tibbiyot kolleji Lotin tili fani o'qituvchisi.

2008-2009 yy. - Sergeli tibbiyot kolleji To'lov-shartnoma bo'lim mudiri.

2009-2011 yy. - Sergeli tibbiyot kolleji o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari v.v.b.

2011-2012 yy. - Sergeli tibbiyot kolleji "Xirurgiya" fani o'qituvchisi.

2012-2012 yy. - Sergeli tibbiyot kolleji bo'lim mudiri.

2012 y. - h.v. - Sergeli tibbiyot kolleji "Xirurgiya" fani o'qituvchisi.

2015 y. - h.v. - Sergeli tibbiyot kolleji o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari.

DIREKTOR O'RINBOSARI

Ishlab chiqarish ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari

Egamberdiyeva Xonzoda Tashpo'latovna

Qabul vaqti: Dushanbadan-shanbagacha: 90:00-15:00

Telefon: (+99890) 938-26-67

Email:

Biografiyani o'qish

Egamberdiyeva Xonzoda Tashpo'latovna 1962 yil 20 oktyabrda Sirdaryo viloyatida tug'ilgan. Millati - o'zbek. Ma'lumoti - oliy. 1998 yilda O'rta Osiyo tibbiyotitsina Pediatriya Oliygoxini tamomlagan. Mutaxassisligi - shifokor-pediatr.

1989-1991 yy. - Sayxunobod tumani markaziy shifoxonaning pediatriya bo'limi shifokor pediatri .

1991-1991 yy. - Sayxunobod tumani markaziy shifoxonasining pediatriya bo'limi shifokor pediatri .

1991-1997 yy. - Sayxunobod tumaniga qarashli Sharif Raximov nomli ambulatoriya bo'limi bosh shifokori.

1997-2001 yy. - Sharif Raximov nomli qishloq vrachlik punktiga aylantirilishi munosabati bilan qishloq shifokorlik punkti mudiri.

2001-2002 yy. - Sergeli tibbiyot kollejining klinik fani bo'yicha o'qituvchi.

2002-2005 yy. - Sergeli tibbiyot kollejining davolash ishi bo'limi mudiri.

2005-2007 yy. - Sergeli tibbiyot kollejining uslubchisi .

2007-2012 yy. - Sergeli tibbiyot kollejining Xamshiralik ishi bo'lim mudiri.

2012-2014 yy. - Sergeli tibbiyot kollejining ishlab chiqarish ta'limi bo'yicha direktor o'rinbosari.

2014-2015 yy. - Sergeli tibbiyot kollejining v.v.b. direktori.

2015 y. - h.v. - Sergeli tibbiyot kollejining ishlab chiqarish ta'limi bo'yicha direktor o'rinbosari.

DIREKTOR O'RINBOSARI

Ma'naviy-marifiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari

Xursandova Dilshoda Abdullayevna

Qabul vaqti: Dushanbadan-shanbagacha: 90:00-15:00

Telefon: (+99890) 911-19-72

Email:

Biografiyani o'qish

Xursandova Dilshoda Abdullayevna 1975 yil 15 oktyabrda Surxondaryo viloyatida tug'ilgan. Millati - tojik. Ma'lumoti - oliy. 2002 yilda Mirzo-Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - falsafa.

1999-2006 yy. - 324 sonli o'rta umumtalim maktabi laboranti, iqtisod fani o'qituvchisi.

2006-2008 yy. - Sho'rchi tumani Qishloq xo'jaligi kasb-hunar kolleji o'qituvchisi.

2008-2012 yy. - 2012-2015 yy. - 02.02.2014 yy. - 01.06.2014 yy. - Sergeli engil sanoat va servis kasb-xunar kollejining tarix fani o'qituvchisi, uslubiyatchisi, xodimlar bo'limi noziri Sergeli engil sanoat va servis kasb-hunar kolleji shaxs va jamiyat fani o'qituvchisi Sergeli engil sanoat va servis kasb-hunar kollejining Ma'naviy - ma'rifiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchisi.

1997-2001 yy. - Sharif Raximov nomli qishloq vrachlik punktiga aylantirilishi munosabati bilan qishloq shifokorlik punkti mudiri.

24.11.2015 yy. - 22.03.2016 yy. - 23.03.2016 y. -x.v. Sergeli tuman bandlikka ko'maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi "Ijtimoiy muhofaza qilish bo'limi boshlig'i -kam ta'minlangan oilalarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha monitoring guruh rahbari Sergeli tibbiyot kollejining Ma'naviy - ma'rifiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari.

DIREKTOR O'RINBOSARI

Xo'jalik ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari

Ro'ziyev Umidbek Xayrullayevich

Qabul vaqti: Dushanbadan-shanbagacha: 90:00-18:00

Telefon: (+99894) 673-77-88

Email: umidruziev0709@gmail.com

Biografiyani o'qish

Ro'ziyev Umidbek Xayrullayevich 1981 yil 7 sentabrda Buxoro viloyati Qorako'l tumanida tug'ilgan. Millati - o'zbek. Ma'lumoti - oliy. Mirzo-Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - falsafa.

2011-2013 yy. - Yangiyo'l Qurilish va milliy xunarmandchilik kasb-xunar kolleji "Tarix" fani o'qituvchisi.

2014-2014 yy. - Yangiyo'l Qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-xunar kolleji "Tarix" bo'limi mudiri.

2015 y. x.v. - Sergeli tibbiyot kolleji "Shaxs va jamiyat" fani o'qituvchisi.

2018 y. x.v. - Sergeli tibbiyot kolleji xo'jalik ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari

Hozirgi kunda kollej quyidagi kasb vakillari tayyorlanmoqda:

Nomi va kodi Yo'nalishi Yo'nalishi kodi Mutaxasisligi
tibbiyotika-profilaktika ishi 3720300 Profilaktik tibbiyot paratibbiyotikasi 3720302 Mutaxassis antiepidemik,profilaktika, dezinfeksiya choralari, davlat sanitariya nazorati shifokorning rahbarligi va nazorati ostida nazorat va laboratoriya tadqiqotlarini o'tkazish
tibbiyotika-profilaktika ishi 3720300 tibbiy laborant 3720301 tibbiy laborant kabinet laboratoriy diagnostiki
Hamshiralik ishi 3720600 Hamshira 3720601 Ushbu yo'nalish "Umumiy amaliyot parvarishi" mutaxassislari tomonidan tayyorlanadi.

UMUMIY FANLAR KAFEDRASI

Kafedra mudiri:

Ubaydullayeva Vazira

Qabul vaqti: Chorchanba: 10:00-13:00

Telefon: (+99890) 986-50-78

Email:

Kafedra o'zining faoliyatini Axborot texnologiyalari kafedrasi nomi bilan 2002 yil avgust oyidan boshladi. 2002-2013 yillarda, kafedraga texnika fanlari doktori, professor S.S. Kasimov., t.f.n V.N.Kogay, texnika fanlari doktori, professor Zaynidinov H.N., t.f.n. Djaylavov A.A. , t.f.n. Karimova V.A.mudirlik qildilar. Kafedraning tuzilishi va rivojlanishida t.f.d., professori Kasimov S.S. katta xissa qo'shgan. 2016 yilning sentabr oyidan boshlab kafedraga texnika fanlari doctori, professor Zaynidinov Hakim Nasritdinovich mudirlik qilib kelmoqda.

2002 yildan 2009 yilgacha axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri vazifasini Qosimov S.S. bajargan. Bu vaqt oralig'ida 7 ta nomzodlik va 1 ta doktorlik ishlariga rahbarlik qilgan. Qosimov S.S. qo'l ostida va ishtirokida qishloq xo'jaligida muhim ahamiyatga ega 20 dan ortiq ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. U 40 ta darslik, o'quv qo'llanma va broshyuralar, 300 ilmiy maqola, shuningdek 50 dan ortiq guvohnoma va patentlarning muallifi va hammuallifi hisoblanadi.

2011-2012 yillarda t.f.d. Zaynidinov X.N. "Axborot texnologiyalari" kafedrasi mudiri bo'lib ishlagan. 2013-2015 yillarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi Davlat boshqaruvi akademiyasi boshqarmasidagi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari kafedrasini boshqarib kelgan. Hozirgacha Zaynidinov X.N. qo'l ostida va ishtirokida qishloq xo'jaligida muhim ahamiyatga ega 20 dan ortiq ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. U 40 ta darslik, o'quv qo'llanma va broshyuralar, 300 ilmiy maqola, shuningdek 50 dan ortiq guvohnoma va patentlarning muallifi va hammuallifi hisoblanadi. Uning ilmiy ishlari Angliya, Germaniya, AQSh, Slovakiya, Rossiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Malayziya, Hindiston va boshqa davlatlar ilmiy jurnallarida chop etilgan.

O'qituvchilar

Chunayev N.E.

(Informatika va Axborot texnologiyalari fani o'qituvchisi)

Shoniyozov B.

(Tarix fani o'qituvchisi)

Shomaxmudov L.

(Ingliz tili fani o'qituvchisi)

Eronov T.

(Jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi)

Elektron axborot-resurs texnologiyalari bo'limi

Card image cap

Elektron axborot-resurs texnologiyalari bo'limida jami 6 dona komp'yuter mavjud bo'lib, o'qituvchilar, o'quvchilar va xodimlar foydalanishlari uchun barcha komp'yuterlar ZiyoNet tarmog'iga ulangan. Bo'limda pedagog xodimlar tomonidan taqdim etilgan bosma nashrdagi 102 dona ma'ruza matnlari, 156 dona prezintatsiyalar, 162 dona ma'ruza matnlarni elektron nusxasi jami 420 dona elektron kompak disklar mavjud.

Elektron axborot-resurs texnologiyalari bo'limida o'quvchilar uchun komp'yuter va kutubxonashunoslik to'garaklari tashkil etilgan.

Axborot - kutubxona xizmat ko'rsatish bo'limi

Card image cap

Bu bo'limning asosiy vazifasi pedagog xodimlar va o'quvchilarni ARMga a'zo qilish, fonddagi xujjatlar va materiallarni saqlanishni belgilangan qoidalarga muvofiq xisobga olish, saqlash va foydalanishni amalga oshirish, foydalanuvchilarning extiyojlarini o'rganish va to'liq qondirish, foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatishda yuksak madaniyat va malakalilikni ta'minlash, zarur resurslarni qidirib topish va olishga zarur yordam ko'rsatish ishlaridan iborat.

Har oyda bir marotaba yangi qabul qilingan o'quv adabiyotlar tanishib, Kitobxonlik kechasi o'tkaziladi.

Axborot-resurslarni qabul qilish va shakllantirish bo'limi

Axborot-resurslarni qabul qilish va shakllantirish bo'limida fonddagi mavjud o'quv adabiyotlar joylashtirilgan bo'lib, jami 23785 dona adabiyotlar rasmiylashtirilgan.

Umumta'lim fanlari-7280

Umumkasbiy va maxsus fanlar-8904

Badiy adabiyotlar-2183

Prezident asarlari va siyosiy adabiyotlar-194

Turli adabiyotlar-42346

Yil davomida kitob fondi-1053 xisob birligida adabiyotlar bilan to'ldirildi

Bu bo'limning asosiy vazifalari:

  • ARMda kitob fondini qayta ishlash va jamlash
  • Katalog va kartotekalar tizimini olib boradi
  • Adabiyotlarni qidirishda yordam ko'rsatadi
  • Kitob ko'rgazmalarini tashkil etishda yordam ko'rsatadi
  • Mavjud o'quv adabiyotlarni inventarizatsiyadan o'tkazadi
  • Fondni saqlash va xisobni yuritish ishlariga ko'maklashadi